"Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash" bo‘yicha seminar

Gurlan tumani hokimligining majlislar zalida barcha mas’ul xodimlar ishtirokida  "Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash" bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat prokurorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi U.Abdullayev, sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati kengashi raisi R. Shenyazov va tuman hokimining birinchi o’rinbosari U.Davlatov, tegishli idora-tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar tashkil qilinayotganligi, mahalla yettiligi tomonidan xonadonma-xonadon yurib, xatlov o‘tkazilishi hamda anketa so‘rovnomani to‘ldirish tartibi, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan me’yorlarga amal qilish to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 26, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 40 marta