Yaqin kunlar ichida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanoma berish jarayonlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 402-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022-yil 25-maydagi 18-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan, Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanoma berish jarayonlari joriy yilning 30-may kunidan boshlanadi.

Tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

  • Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi; 
  • To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; 
  • Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; 
  • Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • Ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; 
  • Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhlari tomonidan talabgorlarning hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yilning 30-mayidan 8-iyuniga qadar qabul qilinadi.

 

Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

 


May 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 639 marta