Бош саҳифа RSS

Ochiq ma`lumotlar “PF-6247 bo`yicha”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga asosan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar

1.

Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

 

3.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali

4.

Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno)

  • 2022-yil birinchi chorakda Gurlan tuman hokimligi o‘rinbosarlarining xizmat safar xarajatlarini qoplash maqsadida

Batafsil...

5.

Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid e’lon qilinishidan kamida 6 oy oldin).

6.

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror;

xarid komissiyasi a’zolarining ma’lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi).

9.

O‘zlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv a’zolari) va kuzatuv kengashi a’zolarining ismi va familiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

 

10.

Davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

14.

Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

 

15.

Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno).

16.

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida mas’ul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

  •  "Litsenziya" axborot tizimlari⬇️

Batafsil...

 

24.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar.

  • Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi uchun ochiq tanlov g'oliblari (01.07.2022 holatiga)

Batafsil...

25.

Mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

28.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bergan arizalari ro‘yxati (navbati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

29.

Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari);

jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar.

 

31.

Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

32.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

 

Ma'lumotlar yangilanmoqda...


May 30, 2023
Муҳаррир: Jabberganov Orifjon
Кўришлар сони: 349 марта