-
Gurlan tumani "Besh uy" mahallasida joylashgan 45-sonli umumta'lim maktabida “O‘zbekiston Chernobilchilar assotsiatsiyasi” Xorazm viloyati bo'limi, Ma’naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tuman bo'linmasi hamda tuman XTB bilan hamkorlikda maktabning o'quvchi yoshlari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori asosida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
-
Sessiyada tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
-
Bugun Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lib, tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarka narx-navosi bilan tanishdi.
-
Bugun Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
-
O‘zbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi”ning 429 va 437-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi 06/04-34/4103-son, viloyat davlat soliq boshqarmasi va viloyat moliya bosh boshqarmasining 2022-yil 19-dekabrdagi qo‘shma xatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6, 24 moddalariga asosan xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi
-
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 9- dekabrdagi 06/04-34/4103-son, viloyat davlat soliq boshqarmasi va viloyat moliya bosh boshqarmasining 2022-yil 19-dekabrdagi qo‘shma xatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6, 24moddalariga asosan xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi
-
Yil davomida hokim yordamchilari o‘z faoliyatida qanday natijalarga erishdi? Bugun viloyatdagi 531 ta mahallaning hokim yordamchilari ishtirok etgan tadbirda ana shu masalalar muhokama etildi.
-
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov viloyatimizning 531 ta mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Tadbirda yoshlar yetakchilarining o‘tgan 2022 yildagi ish natijalari tahlil qilindi, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan faol yetakchilar mehnati munosib e’tirof etilib, galdagi vazifalar belgilandi.
-
2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi va bu ijtimoiy tarmoqlar va jonli efirda bir qancha telekanallar orqali namoyish etildi. Bu albatta xalqimizda katta qiziqish uyg‘otdi.
-
Gurlan tumanida 50 ta mahallada o‘tgan yilning may oyidan xotin-qizlar faollari ish boshlagan edi. O‘tgan davr mobaynida mahallalarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish, shuningdek, ayollar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish, ish bilan ta’minlash va hunar o‘rgatishda xotin-qizlar faollari samarali mehnat qilib kelmoqda.
Yangiliklarga obuna
Yangiliklarga obuna bo‘ling va yangiliklarni pochtangizda o‘qing.