Bugun Gurlan tumanida barpo qilingan yangi sport majmuasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mehnat faxriylari, sportchi yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Farxod Ermanov, Respublika Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov va boshqalar so‘zga chiqib, yangi sport inshooti ochilishi bilan barchani muborakbod etdilar.

Mazkur sport majmuasi qurilishi uchun  30 mldr. so‘mdan ortiq  mablag‘ sarflandi.  Sport zallari eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan, sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Endilikda  bu yerda bir vaqtning o‘zida 14 ta sport turi bilan 300 nafardan ortiq yoshlar shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

 

Yangiliklarga obuna

Bank kursi

Ob-havo gurlan