Xotin-qizlar  muammolarini o‘rganish hamda hal etish xar bir raxbarning vazifasidir

Kuni kecha Gurlan tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da tuman hokimining o‘rinbosari –Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova rahbarligida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda har bir xotin-qizlar faoli o‘z mahallasida har bir ayol bilan manzilli ishlab, uning oilasidagi, hayotidagi muammolarini o‘rganishi, oilaviy sharoiti og‘ir ayollarning muammolarini hal qilishda ko‘maklashish, ajrim yoqasidagi oilalarni mahalla faollari bilan hamkorlikda yarashtirish choralarini ko‘rishi lozimligi qayd etildi va yig‘ilishda yettita oila yarashtirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 19, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 420 marta