Xorazmda 14 ta namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» barpo etiladi

Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda 14 ta namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» barpo etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, tuman va shaharlardagi ko‘chalarga mevali daraxtlarning ma’lum bir turdagi 5 mingdan ortiq ko‘chati ekiladi. Ularni parvarish va muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi, nazoratga olinadi. 

«Ekologiya ko‘chasi»ga ko‘chatlarni ekish bilan bog‘liq xarajatlar boshqarma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Xorazm viloyati bo‘yicha namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» va ularga ekiladigan ko‘chat turlari: 

1. Urganch shahri, «Islomobod» mahallasi, Tadbirkorlar ko‘chasi - 600 tup olma; 
2. Xiva shahri, «Gilamchi» mahallasi, Aylanma yo‘l ko‘chasi - 200 tup olma;
3. Bog‘ot tumani, «Tozabozor» mahallasi, Oltinqum ko‘chasi - 540 tup tok; 
4. Gurlan tumani, «Vatanparvar» mahallasi, Ogahiy ko‘chasi - 400 tup o‘rik; 
5. Urganch tumani, «Anjirchi» mahallasi, Farg‘ona ko‘chasi - 300 tup anjir; 
6. Qo‘shko‘pir tumani, «Ko‘hna zey» mahallasi, Ma’rifat gulshani ko‘chasi - 120 tup olma; 
7. Tuproqqal’a tumani, «Navbahor» mahallasi, Hazorasp ko‘chasi - 200 tup o‘rik; 
8. Hazorasp tumani, «Yangiobod» mahallasi, Sheroziy ko‘chasi - 300 tup olma; 
9. Xonqa tumani, «Katta Jirmiz» mahallasi, Bunyodkor ko‘chasi - 250 tup olcha; 
10. Xiva tumani, «Bo‘ston» mahallasi, Mustaqillik tongi ko‘chasi - 300 tup o‘rik; 
11. Xiva tumani, «G‘ovuk» mahallasi, Jasur ko‘chasi - 400 tup anor; 
12. Shovot tumani, «Beshmergan» mahallasi, Beshmergan ko‘chasi - 1000 tup olcha; 
13. Yangiariq tumani, «Yangiyer» mahallasi, Yog‘du ko‘chasi - 650 tup olcha; 
14. Yangibozor tumani, «Shoirlar» mahallasi, Amudaryo ko‘chasi - 300 tup olcha.

Manba: kun.uz


Mart 09, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 532 marta