Xorazm viloyati “Eng faol hudud” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Bir million o‘zbek dasturchilari” qo‘shma loyihasining “Eng faol hudud” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm viloyati g‘olib deb topildi.

Taqdirlash marosimida  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanovga mukofotga qo‘shimcha ravishda  IT yo‘nalishidagi “Coursera” platformasida bepul o‘qish uchun 500 ta litsenziyani topshirdi.  Shuningdek, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Loyihaning eng faol universiteti” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyun 10, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 520 marta