Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasida

Bugun Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiya ishini viloyat hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibiga viloyat sektor rahbarlarining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida hamda o‘z xizmat faoliyatlari yuzasidan 2022 yilning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish yuzasidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Achilovning axboroti, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularning nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash kabi qator masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyul 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 514 marta