Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Farxod Ermanov so‘zga chiqib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha galdagi vazifalarga to‘xtaldi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Ilgari “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Oktabr 24, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 439 marta