Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 119-Gurlan saylov okrugidan saylangan deputat  Zafar Abdirimov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalliy kengash deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida birinchi masala yuzasidan xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashininig bo‘shab qolgan o‘rinlariga 2022-yil 27-noyabr kuni o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risida  saylov komissiyasi raisi Farxod Abdullayevning hisoboti tinglandi.

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputatligiga 13-“Esabiy” saylov okrugidan  Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich  hamda  17-"Oqqum"saylov okrugidan Masharifov Shuxrat Sadillayevich saylandi.

Shuningdek, kun tartibidagi quyidagi masalalar ham ko’rib chiqildi:

  • Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashiga “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi”dan saylangan deputatlarning partiya guruhini qayta ro‘yxatga olish to‘g‘risida;
  • Gurlan tumanida aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qarorining Gurlan tumanida 2022-yil oktabr oyidagi ijrosi to‘g‘risida;
  • Gurlan tumani hokimining sessiya oralig‘ida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisligiga Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich tayinlandi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar hamda ushbu masalalar yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 324 marta