Xalq deputatlari Gurlan tuman  Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, fermerlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida 3 ta masala ko’rib chiqildi:

  • Gurlan tumanini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorining Gurlan tumanida ijro etilishi yuzasidan tuman hokimiligi ijro intizomi bosh mutaxassisi X.Jabbarovning hisoboti;
  • Ishsiz yoshlarga yer maydonlarini ajratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli qarorlari  qabul qilindi.

 

Gurlan tuman hokimligi matbuot xizmati


Fevral 27, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 72 marta