Urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi Namuna, I.Xolmetov, Yangiobod hududlaridagi subyektlar rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12- oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-son qarori asosida “Original, elita  va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi  Nizomga asosan 2023-yil hosilidan urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘ligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish istagini bildirgan va imkoniyati mavjud fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi fermer xo‘jaligi rahbarlari 2023-yil 15-yanvardan 2023-yil 5-fevralgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini bildiramiz.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 5-fevraldan to‘xtatiladi va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov Gurlan tumani Kengashlar uyi binosining ikkinchi qavatida joylashgan qishloq xo‘jaligi bo‘limida 2023-yilning 6-fevral kuniga belgilandi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 62-36-52-7-16 va 99-093-47-27 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Yanvar 21, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 377 marta