Tuman hokimi bemorlar xolidan xabar olib bayram sovg‘alari ulashdi

Bugun Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov va sektor rahbarlari  Yangi yil bayrami oldidan bemorligi sabab  tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan yoshi ulug' onaxonlar hamda bolajonlar holidan xabar oldilar. Ularni  Yangi yil bayrami bilan tabriklab, bayram sovg‘alari  ulashdilar.

 

Yangi yil bayrami kuni o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar barchaga xush kayfiyat ulashmoqda. Ayniqsa,  bayram sovg‘alari qorbobolar tomonidan berilayotgani jajji bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

 

Bu kabi tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 30, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 65 marta