Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

Mamlakatimiz yoshlarining  tadbirkorlik sohasiga boʻlgan qiziqish va eʼtiborini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali nafaqat oʻz ehtiyojlarini roʻyobga chiqarish balki, yurt ravnaqiga hissa qoʻshish mumkin. Bu borada tashkil etilayotgan tadbirkor va yoshlar bilan uchrashuvlarida koʻplab savollar oʻz javobini topayotgani quvonarli. 

Ana shunday uchrashuv Gurlan tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabidaham boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda “Gurlan Global Teks”MCHJ bo’lim boshlig’i Ulug’bek Raximboyev bilan boʻlgan uchrashuvda korxonaning ish faoliyati, erishilayotgan yutuq va vatan rivoji yoʻlidagi muhim harakatlar borasida fikrlar ulashildi. 

Maktab jamoasi, oʻquvchi yoshlarga berilgan maʼlumotlar, hayotiy tajribalar qizgʻin savol-javoblarga ulanib ketdi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 16, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 183 marta