Raxmatillayev Rustam Yangibayevich

2023 yil 20 iyuldan:

Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

Tug‘ilgan yili:                                                Tug‘ilgan joyi:

13.03.1984                                                      Xorazm viloyati, Gurlan tumani

Millati:                                                            Partiyaviyligi:

o‘zbek                                                             O‘zLiDeP a’zosi

Ma’lumoti:                                                     Tamomlagan:

oliy                                                                  2005 y. Toshkent davlat agrar unversiteti

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:             iqtisodchi

Ilmiy darajasi:                                               Ilmiy unvoni:

yo‘q                                                                 yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:                             

rus tili                                                             

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo‘q

Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa

saylanadigan organlarning a’zosimi:                    

yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

2001-2005 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

2005-2006 yy. - “Said Raxmatillo” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi

2006-2007 yy. - Xorazm viloyati Gurlan tuman moliya bo‘limi hisobchisi

2007-2018 yy. - Gurlan tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasida mutaxassis

2018-2019 yy. - Gurlan tumani hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni riovjlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2019-2021 yy. - Gurlan tumani hokimligi investitsiya va tashqi savdo bo‘limi bosh mutaxassisi

2021-2023 yy. - Xorazm viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining Gurlan tumani bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

2023 y - h.v.    - Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

 

Quyidagilar tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari xisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Tizimi tarkibiga kiruvchi tegishli tashkilotlar rahbarlarini tanlash, lavozimga tavsiya etish hamda zarur bo‘lganda almashtirish masalalari bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tegishli takliflarni tuman hokimiga kiritish;

Viloyat xokimligining tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikda ish olib borish;

Tumanni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalarni shakllantirish va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

Loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda ularning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hukumatning rivojlantirish dasturlariga kiritish bo‘yicha loyihalarni aniqlash;

Sanoatni, yo‘l-transport, muhandislik-komunikatsiyalari, uy-joy va ijtimoiy infratuzilmani, qishloq va suv xo‘jaligini, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy rivojlantirish, axborot texnologiyalari va turizmni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish;

Tuman iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;  

Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, davlat va jamiyat boshqaruvini rivojlantirishga ko‘maklashish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish;

Hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

Hudud innovatsion faoliyati ko‘lamini kengaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, kishloklarni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Chet el investitsiyalari, grantlar, xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, ilmiy jamg‘armalar vakillari bilan muzokaralar olib borish;

Investitsiyalarni, shu jumaladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

Xususiylashtirilgan korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishini nazorat qilish;

Ilgari xususiylashtirilgan bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar va ishlab chiqarish maydonlariga investitsiya loyihalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashni muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish bo‘yicha davlat dasturlari loyihalariga takliflar ishlab chiqish;

Tumandagi kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Tadbirkorlik sub’ektlarini tanlab olish va ularni kichik sanoat zonalarida joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasi funksiyalarini amalga oshirish;

Kichik sanoat zonalarining bosh rejalarini, muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;

Yangi kichik sanoat zonalari barpo etish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqish;

Hududlarda sayyor uchrashuvlar tashkil etish orqali aholi va tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash.

Hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;

tegishli hududlarda turizm sohasidagi asosiy vazifalar va turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;

turizm sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha xujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;

turistlar (ekskursantlar)ga hududdagi turistik resurslardan samarali foydalanish, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi favqulodda yordam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;

turizm sohasida turli tadbirlar (festivallar, sayllar, teatrlashtirilgan tomoshalar, ko‘rgazmalar, anjumanlar)ni tashkil etish va o‘tkazish;

chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;

sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq mehanizmlarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;

turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;

qo‘shimcha sayyohlik tashrif ob’ektlari, ko‘ngilochar komplekslar barpo etish bo‘yicha choralar ko‘rish, madaniy meros ob’ektlarida halqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;

turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

turizm sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish;

turizmni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, horijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali tumanning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish;

turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, turizm xizmatlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, chet mamlakatlardagi turizm markazlarida narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni eksport qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

madaniy-tanishtiruv maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ekskursiya va sayohatlar tashkil etish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

yurtimizda va chet el mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan milliy va xalqaro turizm yarmarkalarida muntazam ravishda faol ishtirok etish yo‘li bilan hududning ijobiy qiyofasini shakllantirish;

chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;

tegishli hududlarda turizm axborot markazlarini tashkil etish va  ularning faoliyat yuritishini ta’minlash va boshqalar;

tasarrufidagi mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniyva yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.

Quyidagi komissiyaning ish faoliyatini tashkil etadi:

-

   Tuman miqyosida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiya;

-

   Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman ma’muriy kengashi;

-

   Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

-

Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

-

Tuman investitsiya bo‘limi;

-

 

Tuman hokimligi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘limi;

 

Tuman qurilish industriyasi korxonalari;

-

Tumandagi tijorat banklari (investitsiya loyihalarni moliyalashtirish);

-

Tumandagi turizm sohasi sub’ektlari (mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar, umumiy ovqatlanish shohobchalari va boshqalar)


Mart 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 32 marta