Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tuman hokimligi shaxsga doir (vasiylik) ma’lumotlarni ochiq holda joylamoqda-mi? ” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Ushbu holat 2024-yil 23-fevral kuni "E-qaror" elektron tizimiga shaxsga doir ma’lumotlar sirasiga kiradigan vasiylik va homiylik  tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar "E-qaror" elektron tizimida texnik  xatoliklar sababli ochiq holatda yuklangan.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar 2024-yil 26-fevral kuni bartaraf qilinib, vasiylik va homiylik tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar yashirin holatga keltirildi.

"E-qaror" elektron tizimi bilan ishlaydigan mas’ul xodimlarga  kelgusida ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Fevral 26, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 68 marta