Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani Vatanparvar mahallasida yashovchi fuqaro Gulmanov Anvar tomonidan qurilgan do‘kon endilikda buzilish arafasida ekanligi xususida  videomurojaat yo‘llagan.

Ushbu holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: Kadastr agentligining Gurlan tuman bo‘limi tomonidan 2021-2023-yillar davomida Gurlan tumanida davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari o‘tkazilgan. Jumladan 2022-yil ish faoliyati davomida “Urganch sh. - Gurlan sh. - Mang'it sh.” magistral avtomobil yo‘lining Navbahor mahallasi hududida Vatanparvar mahallasida yashovchi fuqaro Egamberganov Raxmatjon Shokirjonovich tomonidan savdo shahobchasi o‘rnatib foydalanib kelayotgani aniqlangan.

O‘rganish davomida shaxobcha o‘rnatilgan yer maydoni 151 kv.metr iborat bo‘lib, yer uchaskasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi xujjatlarsiz noqonuniy qurilganligi aniqlangan.

Aniqlangan maskur yerga oid qonun buzulish yuzasidan 2022-yil 13-mart kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, bartaraf qilish maqsadida ogohlantirish xati berilgan. Shundan so‘ng 2022-yil 25-aprel kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga noqonuniy ravishda qurilgan qurulmani  buzish haqida davo ariza kiritilgan. Maskur davo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi tomonidan 2022-yil 22-iyun kuni  ko‘rib chiqilib  davo talablari qanoatlantirilganligini ma’lum qilamiz.

 

Gurlan tuman hokimligi axborot xizmati


Fevral 17, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 158 marta