Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumani hokimiyati va organ tashkilotlariga Gurlan tumani fuqarosi Saparov Alisher tomonidan murojaat!” (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) nomi ostida  murojaat tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Gurlan shaharchasi Yangibog‘ mahallasi Ziroatchilar ko‘chasi xududidan Gurlan tumani hokimining 2021 yil 20 maydagi №1281 sonli qaroriga asosan “Gurlan metall universal” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga “Yoshlar mehnat guzari” binosi qurish uchun 100,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib mazkur yer maydoni bugungi kunda qurilishi tugallanmagan fundament ishlari qilingan aniqlandi. Ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi, kadastr xujjatlari mavjud emasligi, ushbu ob’ektni qurilish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha xujjatlari ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, Gurlan tumani hokimining 2020-yil 08-iyul №1864 sonli qaroriga asosan “Gurlan metall universal” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga “Yoshlar mehnat guzari” binosi qurish uchun 80,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib 2020-yilda kadastr xujjatlari tayyorlangan. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar 2020-yil 19-noyabrda, Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar 2020-yil 14-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur qurilishi tugallanmagan binoni Gurlan tuman notarial idorasining 2021-yil 05-iyunda reestr№202101700001495-sonli kurilishi tugallanmagan noturar joy “Yoshlar mexnat guzari” oldi sotdi shartnomasiga asosan R.K.ga sotib bergan.

Bundan tashqari fuqaro R.K. Gurlan tuman notarial idorasining 2022-yil 07-aprelda reestr №202201369001661-sonli oldi sotdi shartnomasiga asosan X.Y.ga sotib bergan bo‘lib bugungi kunda ham ushbu fuqaro nomida ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi 2023-yil 8-iyul kuni davogar A.S.ning javobgar U.U.ga nisbatan pul undirish to‘g‘risidagi da’vosi qanoatlantirilgan hamda fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan xal qiluv qarorining ijrosi Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo‘limiga yuborilganini ma’lum qilamiz.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 15, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 145 marta