Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan tuman hokimi sayyor qabulida qoldirgan murojaati yechimsiz qolganligi to‘g‘risida videomurojaat tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova hamda tuman IIB bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaro G.B. Shovot tumani, Bo‘ston mahallasi, Anhor ko‘chasi 20a-uyda doimiy ro‘yxatda turib, 2012-yildan Urganch shahrida ijarada yashab kelgan. 2021-yil 30-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan ijara shartnomasi asosida Gurlan tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ijtimoiy uyning 106-xonadonida 2 nafar qizi va 1 nafar o‘g‘li hamda 2 nafar nevarasi  bilan yashab kelyapti.

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil 26-apreldagi VI-54-54-12-171-K/22-son qaroriga asosan 3-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatining 3-toifasi “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar” ro‘yxatiga kiritilganligi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha Vasiylik kengashining 2022-yil 5-iyuldagi 3-sonli bayoniga asosan “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan fuqaroga 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilgan. 2022-yilda tumandagi saxovatpesha insonlarning homiyligi hisobidan amaliy yordam ko‘rsatilib, shu yili 12-avgustda 270 000 (ikki yuz yetmish ming) so‘m miqdoridagi pul mablag‘i farzandi O‘.K.ning fuqarolik pasporti olishi uchun o‘tkazib berilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashining 2023-yil 21-yanvardagi 3-sonli yig‘ilish bayoniga asosan farzandi O‘.R.ning o‘qishiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m ajratilib, to‘lov-kontrakt pulining bir qismi to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro G.B. bilan suhbatda tadbirkorlik qilish maqsadida kredit ajratishni, o‘g‘lining operatsiyasi va o‘zining nafaqaga chiqishida, shuningdek, qizining yotoqxonasini bepul qilib berishda va katta qiziga subsidiya ajratilishida yordam so‘rab qilgan murojati belgilangan tartibda tuman hokimligi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ushbu murojaatlari yuzasidan fuqaro G.B. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-sonli qarori Nizom talablariga asosan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida Oilakredit.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, tegishli hujjatlarini mahalla hokim yordamchisiga taqdim qilgandan keyin, tavsiyanoma asosida imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkinligi, o‘g‘lini operatsiya qildirishda tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishi mumkinligi, bunda tibbiyot birlashmasi zaxirasida mavjud dori-darmonlar va tibbiy xizmat bilan bepul ta’minlanishi, qizining yotoqxonasini bepul qilib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-son qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet kodeksining moddalarida jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari uchun davlat budjeti tomonidan mablag‘lar ajratilishi belgilanmaganligi hamda tumanda homiylik qilish istagidagi saxovatpesha insonlar aniqlangan taqdirda amaliy yordam ko‘rsatilishi mumkinligi, shuningdek, Gurlan tumanida uy-joy olish uchun ajratilgan subsidiya limiti tugagan qo‘shimcha limit ajratilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali uy-joy olishda subsidiya ajratilishi uchun hujjat topshirishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Iyul 03, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 228 marta