Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumanida yashovchi Tozagul Bozorboeva xonadoniga “Xorazm suv ta’minoti” MChJ Gurlan tuman bo‘limi tomonidan ichimlik suvi uchun asossiz qarz hisoblagani aytilgan xabar tarqaldi. Ushbu holat “Xorazm suv ta’minoti” MChJ tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining qarzdorligini hisoblashda xatolikka yo‘l qo‘yilganligi, ya’ni suv hisoblagich ko‘rsatkichi bazaga xato kiritilganligi va iste’molchi T.Bozorboevaning bugungi kunda ichimlik suvidan qarzi yo‘qligi aniqlandi.

“Xorazm suv ta’minoti” MChJ axborot xizmati


Iyun 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 485 marta