Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumanida xarobada qolib ketgan ota” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan

Haqiqatan ham videolavhadagi yashash sharoiti og'ir ahvolda bo'lgan fuqaro X.R Gurlan tumani, “Shodlik” mahallasi, Bobur ko'chasidagi  (raqamsiz) uylarning birida yashab kelmoqda. Ushbu holat (fuqaro X.Rning yashash sharoitini yaxshilash va sog'ligini tiklash) yuzasidan joriy yilning 3 dekabr kuni soat 21.40da tuman hokimligining Telegram messenjeridagi murojaatlar botiga murojaat kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan tuman hokimligi mas'ullari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, murojaat o'rganib chiqilgan va fuqaro X.R  tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo'limiga yotqizilgan. Hozirgi paytda fuqaro X.R ning ahvoli qoniqarli holatda bo'lib, davo muolajalari davom qilmoqda.

Shuningdek, fuqaro X.Rning uy sharoitlarini yaxshilash ishlari boshlab yuborilganini ma'lum qilamiz.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Dekabr 06, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 739 marta