Rasmiy munosabat

Joriy yilning 11-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda  Gurlan tumanida chiroq o'chishi holati davom qilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu holat bo'yicha “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Gurlan tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga asosan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

 Ushbu videomurojaatdagi elektr energiyasidan uzilish holati  2021-yil 8-noyabr kuni soat 19:26 da  Gurlan tumanini elektr energiyasi bilan taьminlovchi  110 kVli “Shovot” liniyasini Turkmaniston Respublikasi bilan bog'lab turuvchi  liniyadagi avariya oqibatida vaqtincha tarmoqdan uzilish natijasida sodir  bo'lgan. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ ishchi guruhi tomonidan 8 noyabr kuni soat 19:45 da “Xorazm” 220/110 kV podstantsiyasi orqali elektr energiyasi yetkazib berish qayta tiklangan.

Shuningdek, 110 kVli “Shovot” liniyasi orqali Turkmaniston Respublikasi elektr energiyasiga qaytadan ulanish ishlari olib borilayotganligi sabab 8-noyabr kuni soat 22:25 va 22:30 oralig'ida qisqa muddatli uzilish sodir bo'lganini ma'lum qilamiz.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 11, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 570 marta