Rasmiy munosabat

Joriy yilning 19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Tabiiy gaz tarmog‘i boru gaz yo‘q” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Unda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Sholikor” qishlog‘i “O‘yilma” mahallasidan tuman markaziga boradigan yo‘l ta’mirtalabligi, tabiiy gaz tarmog‘i boru, gazning o‘zi yo‘qligi masalasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Tumanning eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan “O‘yilma” mahallasidan tuman markaziga olib boradigan Turkmaniston Respublikasiga chegaradosh hududdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida hozirgi kunda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Dasturga asosan ushbu avtomobil yo‘lidagi ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha to‘liq yakunlash rejalashtirilmoqda.

“Sholikor” qishlog‘i “O‘yilma” mahallasi Gurlan tumani markaziga uzoqligi hamda bir necha yillardan buyon tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyuldagi  № 193-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika komissiyasining  2016-yil 8-apreldagi 44-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika ishchi guruhining 2016-yil 4-apreldagi 47-sonli  kengaytirilgan selektor yig‘ilishi  bayonlariga asosan 2016-yil “O‘yilma” mahallasiga tortilgan gaz quvurining 12-km qismidan ajratilib, 519 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gazdan foydalanishga moslashtirilgan. 

“Sholikor” qishlog‘i “O‘yilma” mahallasida 641 ta aholi xonadoni mavjud bo‘lib, barcha xonadon suyultirilgan gaz bilan doimiy  ta’minlanib kelinayotganini ma’lum qilamiz.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 21, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 690 marta