Qurbon hayiti – xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami

Qurbon hayitida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga mehru-saxovat ko‘rsatish xayrli ishlardan biridir. Shunday xayriya tadbirlari Gurlan tumanida ham davom etmoqda.


Jumladan, viloyat hokimining matbuot kotibi Odilbek Adambayev va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov tumandagi yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi. Ularga go‘sht, yog‘, guruch, makaron, shakar va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.



Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar xolidan ham xabar olinib, ularni azizu mukarram Qurbon hayiti bilan tabrikladilar.

Bayram munosabati bilan hayriya ishlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.



Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 09, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 623 marta