Pedagoglar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart, aks holda ular ta’lim berishi mumkin emas

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasiga asosan pedagoglar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart. Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan pedagog bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi, bolalarga ta’lim berishi mumkin emas.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida vazirlik va idoralar bu boradagi tartib-qoidalar ijrosiga shu vaqtgacha yetarlicha e’tibor qaratmayotgani tanqid qilindi. Endilikda Qonunning mazkur moddasi jiddiy nazoratga olinadi.

 

YXKM boshlig‘i E.Raxmatillayev


Sentabr 25, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 146 marta