Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdirimov Zafar Atanazarovich Gurlan tumanida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdirimov Zafar Atanazarovich Gurlan tumanida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Deputat “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan “Shang‘i” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish  ishlar bilan tanishdi. Mahalladagi hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholining muammolari haqida suhbatlashdi. 

O‘rganishlar davomida 34-son umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif buyurib, u yerda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, deputat “O‘yilma” mahallasida yangidan qurilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga borib, u yerdagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.
 
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 24, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 550 marta