OCHIQ MULOQOT

Kecha, 16-fevral kuni Gurlan tuman hokimligida “tumanda qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni aholiga berish, "E-AUKSION" - Web Portali orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda arizalar bilan ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar ” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Ma’lumki joylarda aholi daromadini oshirish hamda fuqarolar bandligini ta’minlashga doir ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolarga "E-AUKSION" - Web Portali mahalla hududiga yaqin maydonlardan dalalar takliflari kiritilayotganini bunga yana bir misol desak mubolag‘a emas.

Ochiq muloqotda tuman hokimi Murodjon Achilov, tegishli soha vakillari, tumandagi mahallalarga biriktirilgan Hokim yordamchilari, mahalla raislari va OAV vakillari ishtirok etib, muhokamaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qator savollariga javob oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 973 marta