Matkarimov Rasul Murodovich

2024 yil 28 fevraldan:

Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Tug‘ilgan yili                                                 Tug‘ilgan joyi

21.11.1989 y.                                                        Xorazm viloyati, Gurlan tumani

Millati:                                                            Partiyaviyligi:          

o‘zbek                                                                 yo‘q

Ma’lumoti:                                                       Tamomlagan:

Oliy                                                                     2011y. Toshkent davlat agrar universiteti (kunduzgi)

                                                                              2013 y. Toshkent davlat agrar universiteti (magistratura)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxasisligi:              Entomolog

 Ilmiy darajasi:                                             Ilmiy unvoni:

 magistr                                                           yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:                               Harbiy (maxsus) unvoni:

yo‘q                                                                 yo‘q

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo‘q

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shaxar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa

saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

2014-2016 yy. – Gurlan iqtsodiyot kolleji, ishlab chiqarish ta’limi ustasi

2016-2020 yy. – “Xorazmagrokimyohimoya” AJ Gurlan tuman filiali mudir o‘rinbosari

2020-2024 yy. – Gurlan tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

2024 y. – h.v. –  Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Quyidagilar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq  chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish  chora-tadbirlarini ko‘rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash,   naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish vamahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagi komissiyalarga rahbarlik qiladi

 

 Tuman hokimligi huzuridagi qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasi;

     qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

tuman irrigatsiya bo‘limi;

tuman don mahsulot korxonalari;

tuman paxta tozalash korxonalari;

tuman “Agroservis MTP” MChJ;

tumandagi MMTPlar

“Xorazmagrokimyohimoya” AJ tuman filiali;

tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari kengashi;

tuman veterinariya bo‘limi;

tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi;

tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, yoqilg‘i-moylash va mineral o‘g‘it shaxobchalari va barcha yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari.

 

 


Mart 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 47 marta