Mahalla raislari o‘quv-seminari davom etmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan 19-iyulgacha mahalla fuqarolar yig‘inlariga yangi saylangan raislar uchun o‘quv seminarlar tashkil qilindi. Urganch davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida mahalla raislari 30 kishidan guruhlarga bo‘lingan holda bir haftaga mo‘ljallangan dastur asosida o‘qitilmoqda.  Seminar dasturidan viloyat sektor rahbarlari ishtirokida muloqotlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Bugun viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Farxod Ermanov o‘quv seminar ishtirokchilari bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida  mahallabay ishlash tizimining mohiyati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mahalla raisining hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari xususida so‘z yuritildi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyul 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 502 marta