Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xorazm viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Jo‘rabek Raximov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan  9 oyi mobaynida viloyatda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning oqibatlari,  mahalliy davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik  tashkilotlarida  korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holati   chuqur tahlil etildi. Shuningdek, “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlarni davriy e’lon qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Noyabr 23, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 83 marta