Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi

Bugun  viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Farxod Ermanov so‘zga chiqib, mahalliy hokimliklar va davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holatini  tahlil qilib berdi. Viloyat huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning oqibatlari xususida to‘xtalib, qonunbuzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar. Yig‘ilishda “ 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan mediatadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Oktabr 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 368 marta