Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Bugun Gurlan tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot profilaktik tadbirlari doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov olib bordi. Seminarda tuman prokurori K.Raxmanov, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ramazonov so‘zga chiqib, korrupsiyaning jirkanch holatlari haqida axborot berdi.

Mazkur oylik doirasida o‘tkazilgan seminarda korrupsiya xavfi saqlanib qolayotgan soha va tarmoqlarni raqamlashtirish, inson omili aralashuvini cheklash, ochiqlikni ta’minlash va preventiv choralarni kuchaytirish orqali ushbu salbiy illatga barham berilishi to‘g‘risida fikrlar almashildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 28, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 139 marta