Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar va sohada mavjud kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug’bek Davlatov, hokim yordamchilari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda  korrupsiyaga qarshi kurashish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiya tuzog‘iga tushib qolmaslik, uning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish,  davlat xizmatchisi degan nomga dog‘ tushirmaslik, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar bilan muomala madaniyatiga, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish lozimligi aytib o‘tildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 545 marta