Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich

2022-yil 25-oktabrdan: Gurlan tumani hokimi

Tug‘ilgan yili:                                                Tug‘ilgan joyi:

17.04.1979                                                      Xorazm viloyati, Urganch shahar

Millati:                                                            Partiyaviyligi:

o‘zbek                                                             O‘z. LiDeP a’zosi

Ma’lumoti:                                                     Tamomlagan:

oliy                                                                   2005 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi),

2010 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:             iqtisodchi

Ilmiy darajasi:                                               Ilmiy unvoni:

yo‘q                                                                 yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:

rus, ingliz tillari

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo‘q

Xalq deputatlari  viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

1996-1998 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi

1998-2000 yy. - Xorazm viloyati elektr tarmoqlari korxonasi 5-razryadli texnigi

2002-2003 yy. - DT “Xalq banki” Yunusobod tuman bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2003-2007 yy. - AT “Paxta bank” Tadbirkorlarni, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi mutaxassisi, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash bo‘limi boshlig‘i

2007-2008 yy. - AT “Paxta bank” Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash va manitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i

2008-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi tinglovchisi

2010-2012 yy. - AT “Paxta bank” Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb etilgan chet el kredit liniyalari bilan ishlash  va Monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i

2012-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy iqtisodiy taxlil qilish va tarkibiy  o‘zgartirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2013-2017 yy. - Respublika Inkassatsiya xizmati Pul tushumini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2017-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i

2021-2022 yy. - “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari

2022 y. -  h.v.  -  Gurlan tumani hokimi

 

Tuman hokimi quyidagilar tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, xalq deputatlari Xorazm viloyat va tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etish;

Tuman hokimligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda hokimlik tomonidan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash, hokimlik ishini istiqbolli va joriy rejalarga muvofiq ravishda tashkil etish;

Aholini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini ta’minlash, tumanda  tashkil etilgan “Xalq qabulxonasi” faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashish hamda ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etish;

         Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

         Tuman hokimi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

         O‘z vakolati doirasida tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;

         Ijro etuvchi hokimiyat organlarida kadrlar siyosatini amalga oshirish;

         Tuman hokimligi lavozimlar nomenklaturasida belgilangan tartibga asosan rahbarlarni lavozimga tayinlash va ozod etish;

Zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqirish, sessiyani olib borish, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qilish, uning xujjatlarini tasdiqlash;

Har yili xalq deputatlari tuman Kengashiga tumanni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etish;

         Xalq deputatlari tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;

Viloyat, tuman davlat organlari bilan munosabatlarda tuman hokimligi manfaatlarini ifodalash, shuningdek viloyat, tuman davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;

         Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibini saqlash, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va ular oqibatini tugatish, iqtisodiyotni safarbarlikka tayyorlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

         Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnomalarni ko‘rib chiqish va takliflar kiritish;

         Tuman hokimligi boshqaruv apparatida, tegishli hududiy tashkilotlarda ijro intizomi mustahkamlanishini ta’minlash;

Yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va
ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etish.

  1. Quyidagilarga rahbarlik qiladi:

Tumanning vakillik va ijroiya hokimiyati organlariga;

Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga;

Tuman hokimligi ijro organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlariga;

  1. Quyidagilarning ish faoliyatini yo‘naltiradi (nazorat qiladi):

Tuman hokimi o‘rinbosarlari;

Tashkiliy-nazorat guruhi;

Tuman hokimligi yuristi;

Tuman hokimligi umumiy bo‘limi;

Tuman fuqaro himoyasi shtabi;

Tuman jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi.

  1. Tuman hokimi quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:

          Tuman hokimligi huzuridagi asosiy turdagi ijtimoiy muhim iste’mol mahsulotlari narxlarini nazorat va monitoring qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi tuman komissiyasi;

          Tuman hokimligi huzuridagi korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari tanlash (ajratish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasi;

          Takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotni
qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman komissiyasi;

          Yoqilg‘i-energetikasi resurslarini tejash bo‘yicha tuman komissiyasi.

          Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashni muvofiqlashtirish tuman komissiyasi. (Har yili tasdiqlanadigan kuz-qish mavsumi qaroriga asosan)

          Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi.

          2017-2019 yillar davomida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish bo‘yicha tuman hokimligi huzuridagi hududiy ishchi komissiyasi.

          "Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi.

          Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Kengashi.

          Tuman ma’naviyat va ma’rifat Kengashi.

          Tuman axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo hududiy Kengashi.

          Tuman favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi.

          Tuman bolalar sportini rivojlantirish vasiylik va homiylik Kengashi.

          Madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi.

         Sil kasalligiga qarshi kurashish dasturini amalga oshirish bo‘yicha tuman komissiyasi.

         O‘zbekiston Respublikasining “Davlat  tili to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish tuman komissiyasi.

         Tuman hokimligi huzuridagi Idoralararo voyaga yetmaganlar
ishlari bo‘yicha komissiyasi.

         Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman hududiy komissiyasi.

          Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tuman muvofiqlashtiruvchi kengash;

Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

  1. Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi tuman tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarinimuhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:

Tuman prokuraturasi;

Tuman prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasining tuman bo‘limi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasining tuman bo‘limi;

Tuman ichki ishlar bo‘limi;

Tuman adliya bo‘limi;

Tuman mudofaa ishlari bo‘limi;

 


Mart 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1533 marta