Hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi

Gurlan tumani 4-sektor rahbari O‘razbaev Alisher yigʼilishni ochib, yigʼilishda ishtirokchilari va kun tartibidagi masala xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda aholi muommalarini oʼrganish va ularni hal etish shuningdek 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishini mahallada tashkil etish topshirilganligini aytib oʼtdi. Bunda xotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi qaror loyihasida nazarda tutilganligini tushuntirib, har bir xonadonni oʼrganish oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga extiyojini aniqlash, har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez–ortopediya buyumlari bilan ta’minlash bolalarni bogʼchaga joylash kabi ijtimoiy hizmatlar uchun oʼz tavsiyalari va buyurtmachilarini berish ijtimoiy himoyaga ma’sul barcha idoralar ishiga baho berish, aholi murojaatlari asosida ijtimoiy xizmatlar oʼz vaqtida va sifatli qoʼrsatilishini doimiy nazorat qilishlari kerakligi yuzasidan yigʼilish qatnashchilariga tushuntirib oʼtdi.

Shu bilan birga yoshlar yetakchilarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-sonli Qaror talablari bo’yicha yoshlarga ko’rsatiladigan yordamlar to’g’risida huquqiy tushuntirish berib, bugungi kunda “Yoshlar daftari” dagi 18 ta yoshlarning muammolarini hal qilib “Yoshlar daftari”dan chiqarish choralarini koʼrish masalasi yuzasidan hamda “Yoshlar daftari” platformasidan kelib tushayotgan onlayn arizalarni 3 kun muddatdan oshirmasdan oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi taʼminlash boʼyicha topshiriqlar berib oʼtdi.

Sektor hududidagi mahallalarga yangidan tayinlangan mahalla xotin-qizlar faollariga "Аyollar daftari"da mavjud 378 nafar xotin-qizlarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʼrganshi va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi VM-145-sonli Qaror talablari boʼyicha xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarlarga oʼqitish va ularga huquqiy, psixologik, tibbiy xizmatlarni koʼrsatish hamda boshqa masaladagi yordamlarni koʼrsatish ishlarini amalga oshirish boʼyicha huquqiy tushuntirishlar berib, bir qator vazifalar topshirildi.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 359 marta