Gurlan tumanining uchta  mahallasida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti o‘z ishini boshladi

Mamlakatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizning eng olis hududlarida mahalla tibbiy punktlari tashkil etilib kelinmoqda. Bugun “Esabiy”, “Besh uy”, “Olg’a” mahallalarida shunday tibbiyot punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib,  Prezidentimizning olis chekka hududlarga ham berayotgan alohida e‘tiborini inson qadrining yuksak bir ko‘rinishi ekanligini ta‘kidlab o‘tdi. 

Endilikda barcha qulayliklarga ega bo'lgan ushbu tibbiyot birlashmasi fuqarolarning og'irini yengil, uzog'ini yaqin qilish bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan  aholi vakillarining sog'ligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 26, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 340 marta