Gurlan tumanida yana bir yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Gurlan tumani "Do‘stlik bog‘i" mahallasidagi 24-son “Oqqush” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstruksiya qilib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov, tuman prokurori Qudrat Raxmanov, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdilar.

150 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bolalarning yotoqxonalari, oshxona, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalari bugungi kun talablari asosida jihozlangan.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 13, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 380 marta