Bugun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Farxodjon Toshpo‘latov va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Murodjon Achilov Gurlan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, tijorat banklari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan yer maydoni, bino va obyektlar, bank krediti olish, kommunal va boshqa sohalardagi o‘nlab murojaatni o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna

Bank kursi

Ob-havo gurlan