Gurlan tumanida konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan tushuntirish targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Z.Abdirimov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Urazmetov ishtirok etib, konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uchun gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir.

Qonun loyihasi muhokamasida har bir fuqaro faol ishtirok etishi zarurligi alohida ta’kidlanib, keyingi yillarda barcha sohalarda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr bildirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 12, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 486 marta