Gurlan tumanida ilk bor dehqonlarimiz tomonidan g’alladan bo'shagan maydonlarda Brokkoli karami ekilmoqda

Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlari singari Gurlan tumanida ham qishloq xо‘jaligi sohasida yana bir muhim tadbir - g‘alladan bо‘shagan suvli maydonlarga takroriy ekin ekish ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqt tumanning "Namuna" hududida ilg’or fermerlar tomonidan jami 5 gektar maydonga Brokkoli karami ekilmoqda.

Ma’lumot o'rnida, joriy yilda Gurlan tumanida 10 gektar maydonga Brokkoli karami yetishtirish rejalashtirilgan hamda buning uchun sektor rahbarlari va tegishli soha xodimlari tomonidan barcha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 08, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 703 marta