Gurlan tumanida futbol boʻyicha DXX raisi kubogining gʻoliblari aniqlandi

Gurlan tumanining 50 mahallasi ishtirokida sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha "Davlat xavfsizlik xizmatining kubogi" musobaqalari 16-30 yosh toifasida oʻgʻil bolalar hamda qiz bolalar oʻrtasida ikki oy davomida oʻtkazildi.

27 may kuni Gurlan tumani Nurafshon mahallasida ''Davlat xavfsizlik xizmati kubogi'' musobaqasining final bosqichi o'tkazildi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra:

Katta futbol bo'yicha:

1-o'rinni Nurafshon mahallasi

2-o'rinni Paxtakor mahallasi

3-o'rinni Ziyokor mahallasi yoshlari egalladi.

Mini futbol bo'yicha:

1-o'rinni Sovunchi mahallasi

2-o'rinni Shodlik mahallasi

3-o'rinni Nurafshon mahallasi yoshlari egalladi.

Mini futbol qiz bolalar o'rtasida:

1-o'rinni Yangi bog' mahallasi

2-o'rinni O'yilma mahallasi

3-o'rinni Nurafshon mahallasi qizlari egalladilar.

1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida qatnashadilar.

 

Yoshlarimizga omad tilaymiz!!!

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 27, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 238 marta