Gurlan tumanida Mustaqilligimizniing 32 yilligi bayrami keng nishonlandi

Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida  Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov so‘zga chiqib, tumanimizda keyingi yillarda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida gapirib, barchani Vatanimiz mustaqilligining      32 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Konsert dasturida viloyat hamda tuman madaniyat bo’limining iste’dodli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 28, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 173 marta