Gurlan tumanida “Yosh kitobxon oila”  hamda  “Mushoira” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi 

Bugun Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tuman bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamda Axborot kutubxona markazi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon oila" hamda "Mushoira" tanlovlarining tuman bosqichlari tashkil etildi.

“Yosh kitobxon oila” tanlovida tumanning 4 ta sektor hududidan kitobxon yosh oilalar qatnashdi. Tadbir so‘ngida g‘olib oilalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va kitoblar sovg‘a qilindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 19, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 610 marta