Gurlan tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida amaliy o‘quv-seminar

Bugun Gurlan tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida navbatdagi amaliy o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan ko‘chat o‘tqazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini berish bilan bir qatorda uni amaliyotda qo‘llagan holda turli xil manzalari daraxt ko‘chatlari ekildi. 

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad tumanimizning o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lgan yashillikni davom ettirish va ushbu daraxtlarni parvarish etgan holda tumanimiz havosining toza bo'lishini ta'minlash va chiroyiga yanada chiroy qo‘shishdan iborat.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 368 marta