Gurlan tumanida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Gurlan tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tuman Madaniyat bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida Bo‘zqala mahallasidagi 10-maktab, Moyli mahallasidagi 26-maktab, Ziyokor mahallasidagi 19-maktabda "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" nomli maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti Xudoyberganov Qudrat, Raximov Azizbek va Yusupov Xamid ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar so‘ngi yillarda yurtimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu bilan birga, taraqqiyot yo‘lidagi bu islohotlarga barcha birdek dahldor bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida gapirdilar.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 04, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 104 marta