Gurlan tumani mahalliy budjetining 2022-yil 3-chorak reja bajarilishi bo‘yicha tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev hisoboti

“Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi xolati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga xisoblangan va amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida” tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev hisoboti

 Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan hamda amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida hisob berib o‘tsam.

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

1.Budjet bo‘yicha:

Avvalambor, Gurlan tumani mahalliy budjetining 2022-yil 3-chorak reja bajarilishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.

2022-yil 3-chorak uchun byudjet daromadlari prognozi 13,9 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 14,7 mlrd so‘m 105,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Jumaladan: 2022-yil sentyabr oyi uchun byudjet daromadlari prognozi 5,3 mlrd.so‘m bo‘lib haqiqatda 4,9 mlrd so‘m 93,9 foizga bajarildi.

Budjet daromadlari 3-chorakda asosan quyidagi soliq turlaridan iborat:

-Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 5,7 mlrd.so‘m reja, haqiqatda 7,2 mlrd so‘m ya’ni 125,2 foizga;

-Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha 1,7 mlrd so‘m reja, haqiqatda 1,7 mlrd so‘m ya’ni 101,6 foizga;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha 0,3 mlrd so‘m reja, haqiqatda 0,3 mlrd so‘m ya’ni 103,1 foizga;

- Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 2,4 mlrd so‘m reja,  haqiqatda 2,2 mlrd so‘m ya’ni 90,7 foizga;

- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha 1,2 mlrd so‘m reja,  haqiqatda 0,7 mlrd so‘m ya’ni 58,3 foizga;

- Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 0,2 mlrd so‘m reja,  haqiqatda 0,2 mlrd so‘m ya’ni 110,9 foizga;

- Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha 0,1 mlrd so‘m reja,  haqiqatda 0,1 mlrd so‘m ya’ni 98,3 foizga;

- Davlat bojlari bo‘yicha 1,5 mlrd so‘m reja, haqiqatda 1,2 mlrd so‘m ya’ni 84,1 foizga bajarilgan.


Oktabr 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 333 marta