Gurlan tumani hokimi Jumaniyazov Umrbek Matkarimovichning murojaati

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Gurlan tumani hokimi Jumaniyazov Umrbek Matkarimovichning murojaati

Muhtaram Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida Gurlan tumanida shuningdek, 1-sektor hududida amala oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln.so‘mgacha va kichik hamda o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd.so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘larni ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizda 142,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 861 ta loyiha amala oshirilishi va 4,1 ming ta ish o‘rinlari yaratish belgilandi.

1-sektor hududida 12 mahallada 207 ta loyihaga 34,0 mlrd.so‘m ajratib, 910 ta ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha chora-tadbirolar belgilab olindi, bu bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, mahallalarni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tumandagi 516 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholi qatlamini bandligini ta’minlash maqsasida 5,3 gektar maydonda 266 ta xonadonda kig‘izli issiqxona tashkil qilish orqali, 564 ta xonadonda asalarichilik tashkil qilish va boshqa sohalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.

Tuman sektor rahbarlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda 22,3 ming ta ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha sektorlar kesimida alohida dasturlar ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilinib tasdiqlandi, shu jumladan

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga
791 nafar

- xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga
4 650 nafar

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 16,1 ming nafar

- qurilish sohasida 773 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanadi.

2024 yilda jami 10,1 ming nafar fuqarolar daromadi ortadi. Shundan, 4,5 ming nafar fuqarolar bandligi, 5,6 ming nafar fuqarolar daromadi oshiriladi.

Tumanda 901 nafar fuqarolar kasb-xunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi, tadbirkorlik uchun 2,4 ming nafar fuqarolarga 55,1 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi, subsidiya asosida 392 nafar fuqarolarga 1,9 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratish orqali kambag‘allikdan chiqariladi. Norasmiy sektorda faoliyat olib boruvchi fuqarolarni 1,4 ming nafarini faoliyatini rasmiylashtirish o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


Mart 14, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 91 marta