Gurlan tumani 3-sektor rahbarining murojaatnomasi

Gurlan tumani IIB boshlig’i v.v.b podpolkovnik A.Do`smetovning  2023-yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va  huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo’yicha amalga  oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlari yuzasidan  murojaatnomasi

2023-yilda huquqni muxofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib “Xavfsiz xudud”, “Nazorat”, “Tun”, “Turmush” va “Xonadon” maxsus profilaktik tadbirlari o’tkazilib, tumandagi 50 ta mahallaning 31 tasida ya’ni 64 foizida mahalla jinoyati sodir etilishiga yo’l qo’yilmadi.

Umumiy jinoyatlar 134 dan 158 taga oshgan bo’lib, jinoyatlaring 95 tasi 60.1% oldi olinishi lozim bo’lgan jinoyatlarni, 63 tasi 39,9%  aniqlanadigan jinoyatlarni tashkil etdi.

      “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo’yicha tumandagi 50 ta mahallalardan 31 ta mahallada ya’ni 64 foizida jinoyat sodir qilinmagan, 7 ta  mahalla ya’ni  14 foizi qizil”, 12 ta mahalla 24 foizi ”sariq toifaga kiritildi.

Tumanida qizil” toifaga kiritilgan mahallalarga uzoq yillar ichki ishlar idoralarida samarali xizmat qilgan, hozirgi kunda ham o’zining hayotiy tajribalari bilan profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam bera oladigan, shu mahallalarda yashovchi ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan faxriylar tanlab olinib, qizil” toifadagi 7 ta mahallalarga maslahatchi murabbiy qilib biriktirildi.

Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar davomida 18 nafar ilgari sudlangan shaxslarga ma’muriy nazorat o’rnatildi, 25 nafar spirtli ichimlikka ruju qo’ygan shaxslar majburiy davolash bo’limiga joylashtirildi, 4 nafar daydib tilamchilik qilib yurgan shaxs viloyat REMga joylashtirildi, 51 nafar voyaga yetmaganlar viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish markaziga joylashtirildi, 2 nafar voyaga yetmaganlar yopiq turdagi respublika ixtisoslashtirilgan o’quv tarbiya muassasalariga joylashtirildi, 118 nafar tayziq va zo’rovonlikdan jabrlangan ayollarga ximoya orderi berildi, 1518 nafar huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslar profilaktik xisobga olinib, 5761 ta fuqarolarni murojaatlari qonuniy xal qilindi.

SHuningdek “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo’lgan 3123 nafar shaxslar bo’yicha xulosalar tuzilib, mahalla beshligi tomonidan 628 nafarini muammolari ijobiy xal qilindi, qolgan shaxslarning muammolari tizimli xal qilib borilmoqda.

Sudlarda nizolashayotgan ajrim yoqasiga kelib qolgan 199 nafar shaxslar ro’yxati shakllantirilib, zo’ravonlikka uchragan 3 nafar ayollarga himoya orderlari berildi, 102  ta oilalar yarashtirildi va  70  ta oilaviy nizolar bartaraf etildi, natijada oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlar 50 foizga 4-2 kamaydi.

Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiligini oldini olish maqsadida Xorazm tajribasi sifatida joriy yilning sentabr oyidan “Xavfsiz bolalik” Kontseptsiyasi joriy etilib, shu asosida tumanni transport vositalari serqatnov harakatlanadigan yo’llarga yaqin masofada joylashgan 45 ta maktablar atrofida yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezlikni cheklash bo’yicha “yo’l belgilari” hamda “sun’iy notekislik”lar o’rnatildi. SHuningdek tumandagi 1-son va 3-son umuta’lim maktablari oldidagi yo’llarga 2 ta piyodalar uchun tugmachali svetofor o’rnatildi.  

 Tuman  ichki ishlar bo’limi rahbariga biriktirilgan 40 nafarqizil toifadagi yoshlarning 21  ta muammolaridan barchasi ijobiy hal etildi.Tumandagi mavjud 45 ta ta’lim muassasalarda yoshlarni ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida vatan ximoyachilari, mustaqillik, ichki ishlar organlari xodimlari, konstitutsiya kunlari munosabati bilan “Siz qonunni bilasizmi”, “Men harbiy bo’laman” kabi mavzularda 214 ta tadbirlar o’tkazildi.

 

 Kelgusida  tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo’yicha  xamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar belgilanib olindi.

 

  1. Tumanda “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi mumkin bo’lgan shaxslar bo’yicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan ijobiy xal qilish choralarni ko’rish.Kriminogen vaziyati og’ir bo’lgan hamda qizil toifaga kirish mumkin bo’lgan mahallalarga tuman hokimiyati, prokuratura, DSI, MG rahbarlarini nomma-nom biriktirish;
  2. Mazkur mahallalarda nafaqat jinoyat, balki huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ham mahallaning o’zida muhokama qilib borish;

3.Alohida e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan sog’liqni saqlash muassasalarining hisobida turgan giyohvandlar, spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan shaxslar, notinch oilalar hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni qayta o’rganib, tegishliligi bo’yicha ma’sullarni nomma-nom biriktirib, ularning muammolarini hal etish;

  1. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’nalishida ichki ishlar bo’limining maxsus hisobida turgan shaxslar, shu jumladan, jinoyat sodir qilinishi mumkin bo’lgan joylarda rejali reyd tadbirlarni o’tkazib borish;
  2. Fuqarolar tomonidan yashash xonadonlar, savdo do’konlar, ko’ngilochar maskanlarni qo’riqlash pul`tlariga ulash va tashvish tugmalarini o’rnatish afzalligini tushuntirish ishlarini jadallashtirish;

6.Fuqarolar bilan uzluksiz ravishda o’z mulklarini qarovsiz qoldirmaslik borasida targ’ibot-tashviqot tadbirlarni o’tkazish;

  1. 7. Aholi gavjum joylar, ko’chalar, savdo shaxobchalari, aholiga xizmat ko’rsatuvchi joylar va ko’p qavatli uylar atroflarida video kuzatuv kameralarini o’rnatish;
  2. O’g’irlik, firibgarlik hamda axborot texnologiyalari yordamida (internet) sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targ’ibot ishlarini o’tkazish;

9.Aholi o’rtasida firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlarni o’tkazish;

- uy-joy, yer, avtotransport vositalari va boshqa turdagi mol-mulklarni o’zga shaxslarning egaligiga o’tkazish masalalarida notarial tartibda hal etish bo’yicha targ’ibot-tashviqot tadbirlarini o’tkazish;

10.Tuman hududida yo’l-transport hodisalarni oldini olish, yo’l harakati hamda aholini xavfsizligini ta’minlash maqsadida  aholi o’rtasida yo’l harakati qoidalariga rioya etish hamda haydovchilik madaniyatini oshirish bo’yicha targ’ibot-tashviqot tadbirlarni kuchaytirish;

11.Xar oy yakuni bilan Sudlarda nizolashayotgan oilalarning ro’yxatlarini olib ularning muammolarini bartaraf etish choralarini ko’rish;

  1. Mahalla faollari tomonidan nizoning asl sabablarini o’rganish, bartaraf etish bo’yicha aniq chora tadbirlar belgilash, kompleks yondashuv asosida muammoni uzil-kesil hal etish;

13.Tuman bo’yicha ilgari sudlangan shaxslarning yashash sharoitini, daromad manbalari, ularning muammolarini o’rganib hal etib borish;

14.Ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa yo’nalishlarda kasb-hunarga o’rgatish kurslarini tashkil etish ishlarini yanada jadallashtirish;

15.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xavfsizlik masalalari yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligini munosabati bilan biriktirilgan yoshlarni xulq-atvoridagi hamda mavjud boshqa muammolarini hal etish borasida ijtimoiy profilaktika, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda sport tadbirlarini amalga oshirish;

Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari!

Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ishlariga barcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ishlarni tashkil etib, fuqarolarimizni tinch va osoyishta yashashlari hamda mehnat qilishlari uchun barcha zaruriy choralarni ko’ramiz.


Mart 20, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 97 marta