Gurlan tuman hokimi bir qator yuqori natijalariga erishgan sportchilarimiz bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo'yicha Yoshlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu chempionatda 88 kg vazn toifasida Jasurbek Yo'ldoshev 135 kg natijasi bilan jahon rekordini yangiladi va 2 karra Jahon chempionligiga erishdi.

Qizlar o’rtasida 41 kg vazn toifasida Umida Rajabova 65 kg natija bilan jahon chempionatining bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 12-20-iyul kunlari Iordaniyaning Amman shahrida yunon-rum kurash bo’yicha U-15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati Omonboyev Abbos bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ushbu sportchilarimizni tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov g‘alabalar bilan tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda bundanda yuqori natijalarga erishishini tilab, sportchilarimizga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 29, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 175 marta